Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mesut O‘zil Sharqiy Turkistondagi zulmni to‘xtatishga chaqirdi

Mesut O‘zil Sharqiy Turkistondagi zulmni to‘xtatishga chaqirdi

Taniqli futbolchi Mesut O‘zil Xitoy hukumatining Sharqiy Turkiston (Shinjon)dagi siyosatini tanqid ostida olib, u yerdagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini va bunga jim turmaslik kerakligini aytdi.

«Qur’onlar yoqilyapti, masjidlar yopilyapti, madrasalar taqiqlanyapti, ulamolar birma-bir o‘ldirilyapti. Aka-ukalar majburan lagerlarga jo‘natilyapti, ularning o‘rniga xitoy erkaklari oilalarga joylashtirilyapti. Ayollar xitoy erkaklariga majburlab turmushga berilyapti», – deya yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Uning ta’kidlashicha, «shunga qaramay, ummati Muhammad jim, ovozi chiqmayapti. Musulmonlarni hech kim himoya qilmayapti. Bilmaydilarki, zulmga rozilik ham zulmdir».

«Hazrat Ali qanday yaxshi aytgan edilar: «Zulmga to‘sqinlik qila olmasangiz, u haqda hammaga xabar bering!» Hatto G‘arb ommaviy axborot vositalarida va davlatlarida bu hodisalar necha oylardan beri, necha haftalardan beri kun tartibida, musulmon davlatlar va ommaviy axborot vositalari qayerda?» – deya savol berdi Mesul O‘zil. U so‘zlarini shunday yakunladi:

«Bilmaydilarmi, yillar o‘tib u yerdagi qardoshlarimizning bu achchiq kunlar haqida yodga oladigani zolimlarning iskanjalarini emas, biz musulmon qardoshlarining sassizligi bo‘ladi. Yo Rabbim, Sharqiy Turkistondagi qardoshlarimizga yordam ber... Shubhasiz, Alloh tuzoq quruvchilarning eng xayrlisidir...»

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring