Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metro poyezdi eshiklari ochilmaganiga izoh berildi

Metro poyezdi eshiklari ochilmaganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent metropolitenida yangi poyezdning eshiklari ochilmay qolgani" aks etgan video tarqaldi. "Toshkent metropoliteni" UK ushbu holatga oydinlik kiritdi.

Aytilishicha, ushbu harakat tarkibi rejali manyovr ishlari amalga oshirilayotgani sababli jadval asosida "Buyuk ipak yo‘li" bekatidan Olmazor elektrodeposiga yo‘lovchilarsiz harakatlangan.

"Yo‘lovchilardan turli asossiz video materiallarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz", deyilgan rasmiy bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring