Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meyvezer YouTube yulduzi bilan jangi uchun qancha pul ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Meyvezer YouTube yulduzi bilan jangi uchun qancha pul ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «News18.com»

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning YouTube-blogeri Logan Pol bilan jang uchun gonorari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, sportchi jang uchun 56,5 million dollar olgan. Ta’kidlanishicha, 10 million — kafolatlangan gonorar, 16,5 million — pulli translyasiyalardan tushadigan daromad va 30 million — homiylar to‘laydigan pul.

Meyvezer bilan YouTube yulduzi o‘rtasidagi jang Mayamining Hard Rock Stadium arenasida 7-iyun kuni bo‘lib o‘tdi va g‘olib aniqlamadi. Jang ko‘rgazmali xarakterda bo‘lib, sportchilar statistikasiga ta’sir qilmadi. Jangda ringdan tashqarida sudyalar bo‘lmadi, ammo bu nokaut bilan yakunlanishi mumkin edi.

Meyvezer so‘nggi bor 2018-yil 31-dekabrda Tokioda ko‘rgazmali jang o‘tkazib, Tensin Nasukavani birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan edi. Amerikalik — mag‘lub etilmagan bokschi. 43 yoshli sportchi 50 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring