Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxs hibsga olindi

MIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxs hibsga olindi

Foto: «7News.Uz»

Voqea Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudining 13.03.2019-yildagi ijro varaqasiga asosan 18.10.2018-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.J.Umaraliyevni otasi J.Gulamnazirov qarmog‘idan onasi A.Augambayeva tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangiyo‘l tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 5-aprel kuni davlat ijrochilari F.Jumanov va A.Alimjanov sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida J.G‘ulomnazirovning yashash xonadoniga keladi. Biroq bolaning otasi  davlat ijrochilari va xavfsizligini ta’minlash uchun jalb qilingan tuman IIB XPB profilaktika inspektorlarining harakatiga qarshilik ko‘rsatadi. Bu jarayonda A.Alimjonovning yuziga tuflab va boshqa harakatlari bilan ijrochilarning qonuniy harakatiga faol to‘sqinlik qilib, ularni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 6-aprel kuni J.Gulamnazirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qilgan Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati yaqin kelajakda holat  haqida kengroq ma’lumot berilishini ham qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring