Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» «Windows»ni o‘tmishda qoldiradigan bo‘ldi

«Microsoft» «Windows»ni o‘tmishda qoldiradigan bo‘ldi

Foto: «Rambler»

«Rambler»ning xabar berishicha, «Microsoft» «Windows» operatsion tizimiga kamroq e’tibor berib, diqqatini servis va ilovalarni rivojlantirishga qaratmoqchi. Endi OS kompaniyaning asosiy mahsuloti emas.

Negaki, «Windows» personal kompyuter va noutbuklardagina mavjud, foydalanuvchilar esa bora-bora mobil qurilmalarga o‘tib ketyapti.

Hozir bizga foydalanuvchilar tajribasi va modellarning ilovalar bilan bog‘liqligi muhimroq, — deydi «Microsoft»ning bosh direktori Satya Nadella.

Xabarga ko‘ra, «Microsoft» diqqatini asosan o‘ziga xos servislar agregatori «Graph» platformasiga qaratadi. Uning tarkibiga, masalan, «Azure» cloud xizmati va «Office 365» onlayn to‘plami kiradi.

Nadellaning fikricha, dasturiy ta’minotning kelajagi — o‘zaro faoliyat platformalari. Shuning uchun ham «Microsoft» «Windows 10» uchun «Android» smartfonini kompyuterdan boshqarish imkonini beruvchi ilovalarni faol rivojlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring