Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya agentligi DXX xabariga izoh berdi

Migratsiya agentligi DXX xabariga izoh berdi

Foto: Xavfsizlik.

Migratsiya agentligi DXX tomonidan e’lon qilingan korrupsiya xabariga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining ayrim xodimlari pul evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborish bilan shug‘ullangani hamda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgandi.

Agentlik mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi PF–162-sonli Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi qayta tashkil etilgandan so‘ng, bugungi kungacha Koreyaga E–9 vizasi uchun hech qanday tanlovlar o‘tkazilmagan.

Ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklardan keyin, Migratsiya agentligi faoliyatida Janubiy Koreyaga yuborish bilan bog‘liq kadrlar, shu jumladan, Seuldagi vakolatxonasida faoliyat yuritgan barcha xodimlar to‘liq o‘zgartirildi.

"Agentlik xodimlari orasida o‘z kasbiga xiyonat qilgan, fuqarolarning ishonchi va haq-huquqlarini suiiste’mol qilgan shaxslarning harakatlari keskin qoralanadi.

Migratsiya agentligi fuqarolarni yana bir bor ogohlantiradi:

Agar faoliyatimiz bilan bog‘liq shubhali holatlar yoki qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Migratsiya agentligining Komplayens xizmatiga darhol, 71–202–44–11 telefon orqali yoki 12-82 qisqa raqam orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring