Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokredit kimga qancha beriladi?

Mikrokredit kimga qancha beriladi?

Foto: «DoPoluchki»

Biznesni boshlash uchun mablag‘ingiz yo‘qmi?

Bunday hollarda siz mikrokredit olish uchun bankka murojaat qiling.

Mikrokreditlar muayyan mehnat turi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga imtiyozli shartlar asosida beriladi.

Mikrokredit miqdori — eng kam ish haqining 100 baravarigacha.

Muddati — 3 yilgacha.

Foizi — yillik 7 foiz.

Qanday hujjatlar topshirilishi kerak?

Mikrokredit olish uchun:

tegishli maqsad bo‘yicha mikrokredit olish uchun so‘ralgan ariza;

sektorlarning tegishli rahbari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi va mahalla raisining muayyan mehnat turi bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanomasi;

shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirishni kengaytirish uchun mikrokredit so‘ralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi haqida o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

mikrokreditning qaytarilishini ta’minlash uchun mol-mulk garovi, uchinchi shaxs kafilligi va sug‘urta polisi taqdim etiladi.

Mol-mulk, kafil bo‘ladigan shaxs yo‘q yoki sug‘urta polisini to‘lashga imkoniyat mavjud emasmi?

Banklarda qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqi mavjud.

Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, bank kredit qo‘mitasi tomonidan ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati 3 ish kunidan oshmasligi lozim.

Pul qanday shaklda beriladi?

Mikrokredit pul ko‘chirish yo‘li bilan beriladi. Mikrokreditlashning maqsadidan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi naqd pulda berilishi mumkin.

Bobur Karimov,

Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring