Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy test tizimi yaratildi

Milliy test tizimi yaratildi

Foto: «faculty2.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutaxassisi «Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi» dasturini ishlab chiqdi.

Tizim imkoniyatlari:

  • xorijiy tilni bilish bo‘yicha o‘zining bilim va malaka darajasini aniqlash istovchilar uchun qulay;
  • foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab etilmaydi;
  • bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi xorijiy tilni bilishi va bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovida qatnashishi mumkin.

Tizimning vazifasi xalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiq xorijiy tillarni bilish va bilim darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish, tadqiqotchi-izlanuvchilarni, shu jumladan, masofadan turib internet orqali testdan o‘tkazishni tashkil etish, ularning xorijiy tilni bilishi va bilim darajalarini aniqlashga qarab davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishdan iborat.

Dastur muallifi Nizomiddin Ochilovga DGU 04964 raqamli guvohnoma berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring