Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirazizbek finalda mezbon bokschini, Elnur esa qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

Mirazizbek finalda mezbon bokschini, Elnur esa qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Iordaniyada yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirning final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Finalga yo‘l olgan uch vakilimizdan dastlab Mirazizbek Mirzahalilov oltin medal uchun ringga ko‘tarildi.

-57 kilogramm vazn toifasida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz o‘zining tezkor va aniq zarbalari bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

-63 kilogramm vazn toifasida jang olib borayotgan Elnur Abduraimov esa qozog‘istonlik Zakir Safiullin bilan bahs olib boradi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan mazkur final jangi turnirning eng yorqin janglaridan biri bo‘ldi. Bellashuv hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va bokschimiz turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi dastur davomida musobaqaning eng so‘nggi jangida Bahodir Jalolov (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xuniga qarshi ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring