Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mirziyoyev sport zalida mashq qiladi» – To‘qayev O‘zbekiston yetakchisi haqida

«Mirziyoyev sport zalida mashq qiladi» – To‘qayev O‘zbekiston yetakchisi haqida

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayev mahalliy – «Turkistan» gazetasiga intervyu berib, jumladan, o‘zining sog‘ligi bilan bog‘liq tarqalgan gap so‘zlarga munosabat bildirdi.

U jurnalistga o‘zini yaxshi his qilayotganini va salomatligidan shikoyat qilmasligini aytadi.

«Salomatligim joyida, qon bosimim doimiy ravishda me’yorda. Har kuni yoga bilan shug‘ullanaman, lekin meditatsiyasiz», – deydi To‘qayev.

Prezidentning aytishicha, u haftasiga ikki marta sobiq professional sportchi bilan stol tennisi o‘ynaydi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda 9 kilogramm vazn tashlagani ham umumiy ahvolini yaxshilagan.

«Haqiqatan ham ozdim, bu o‘zimni ancha yengil va yaxshi his qilishimga yordam berdi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Suhbat davomida Qozog‘iston yetakchisi MDH mamlakatlari yetakchilarining jismoniy faolligiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi ko‘plab rahbarlar yaxshi jismoniy formada.

«Yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda Vladimir Putin yosh dzyudochiga qarshi kurashib, katta avlod sha’nini himoya qildi», – dedi To‘qayev.

Shuningdek:

  • Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev doimiy ravishda mashq qiladi,
  • Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov futbol o‘ynaydi,
  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sport zalida mashq qiladi,
  • Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan velosipedda yurishni xush ko‘radi,
  • Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko hali ham xokkey o‘ynaydi,
  • Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon esa o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.

«Shuning uchun hamkasblarimning barchasi ajoyib jismoniy holatda, deb aytish mumkin», – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring