Mirzo Ulug‘bek tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

26-mart kuni soat 02:09 Mirzo Ulug‘bek tumani «Biy» ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berishlaricha, o‘t o‘chiruvchilar guruhi hodisa joyiga soat 02:19 da yetib kelishdi. Yong‘in 02:31 da o‘chirildi.
Aniqlanishicha, 80 metr kv. maydon yongan. Jabrlanganlar yo‘q.
Hozirgi vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter