Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda prezident saylovi: saylovchilar Muhammad Salohga «ovoz» berishdi

Misrda prezident saylovi: saylovchilar Muhammad Salohga «ovoz» berishdi

Foto: «TRT World»

Misrda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga ikki kishi Abdul Fattoh Xalil As-Sisiy va Muso Mustafo Muso Muhammad da’vogarlik qilgan. Bu esa mamlakat aksariyat aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, saylovlarda aholining 40,08 foizi ishtirok etgan. 1,5 millionga yaqin byulleten atayin noto‘g‘ri belgilangan.

«Qoidabuzarlar» ikki nomzodning nomini o‘chirib, o‘rniga «Liverpul» futbol jamoasi o‘yinchisi va Misr terma jamoasi faxri Muhammad Saloh nomini yozib qo‘yishgan. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan byulletenlar hisobga olinmadi.

Umumiy  natijalariga ko‘ra, As-Sisiy katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring