Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MJ Developers shahar ichidagi shaharga media sayohat uyushtirdi

MJ Developers shahar ichidagi shaharga media sayohat uyushtirdi

Shiddat bilan ilgarilab borayotgan zamonaning zayli keng va ochiq dunyoqarash bilan bir qatorda, qulay shart-sharoit va infratuzilmani ham birdek talab etadi.

Kuni kecha OAV vakillari va blogerlar uchun MJ Developers kompaniyasi o‘zining qurilishi rejalashtirayotgan loyihalari bilan tanishtiruv taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot siz bilgan «powerpoint»da emas, real — o‘zimizni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun aynan qurilish bo‘layotgan kompleksda bo‘ldi. Loyihaning xorijiy investorlari uchrashuvda qatnashib berilgan savollarga javob berildi.

Bu kompaniya O‘zbekiston bozoriga 100 million dollar kiritishi bo‘yicha 2018 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston-Hindiston o‘rtasidagi muzokaralar doirasida kelishuvga erishilgan.

E’tiborni tortgan kompaniya loyihalari:

  • Namanganda vodiydagi ilk smart siti quriladi;
  • 1-bo‘lib Toshkentdan tashqari xududda 5 yulduzli mexmonxona,
  • 1-raqamli Toshkent shahri ichidagi shahar — Minerva City. Bu loyihaning 60 foizi yam-yashil ekzotikadan iborat bo‘lishi;
  • Minerva City 1-bo‘lib golf maydoni bilan qurilayotgan city ekanligi.

Hozir butun dunyoda yashillik, ekzotikaga e’tibor qaratmoqda, bizdagi quruvchi kompaniyalar esa... deb xafa bo‘lardi odam. Bu loyiha aynan shu jihatga asosiy e’tibor berayotgani tahsinga sazovor.

Dastavval, investorlar bilan uchrashuvda kompaniya vakillari kerakli ma’lumotlarni berishdi. So‘ngra ob’yektlar ko‘zdan kechirildi. Club house va Golf maydonida loyihalar maketlari bilan tanishildi.

So‘ngra, Rohatdagi obod qilinayotgan o‘sha mashhur cho‘milish havzasi o‘rniga qurilayotgan Lake City ga borildi. Loyiha bo‘yicha Akva park, savdo markazi, xalqaro maktab, mehmonxona va turar joy binolari qurilar ekan. Ochig‘i loyihalarni ko‘rib, tezroq qurilsa-yu poytaxt yanada ko‘rkamlashsa deb qoladi odam.

Hozirda kompaniya Buxoro shahrida 5 yulduzli mehmonxona, Namanganda 18 gektarli aqlli shahar — «Namangan square», Sergelida hamma sharoitiga ega (ta’lim dargohlari, tibbiyot muassasalari, 2 km.lik ajoyib ko‘prik, golf maydoni va boshqalar) «Minerva City», yuqorida aytilganidek ko‘l bo‘yida (Rohat taraf) «Lake city» kabi loyihalarni qurish ishlari bilan band.

Kompaniya O‘zbekistondagi loyihasining 60 foizi yashillik bilan qoplangan, 100 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritayotgan, qo‘rqmay katta hududlarga loyiha bunyod etayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi. Hali bitsa, o‘z ko‘zingiz bilan ham ko‘rasiz, nasib.

Aytgancha, kompaniya yaqinda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasining O‘zbekistonda «shaharda shahar» konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yetakchisi — yil brendlari qatorida tan olindi.

Bunday loyihalar va bunyod etilajak shaharlarimiz borligi quvonarli hol, zero biz bunga loyiqmiz.

Qisqa raqam: 1145

Sayt: minervacity.uz

Facebook: @minervacityuz

Instagram: @minervacityuz

Telegram: @themjdevelopers

Bot: @mjdevelopers_bot

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring