Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz kiberhujum haqidagi xabarlarga izoh berdi

Mobiuz kiberhujum haqidagi xabarlarga izoh berdi

O‘zbekistondagi Mobiuz mobil aloqa operatori axborot tizimlariga kiberhujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning maxsus bo‘linmasi zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda IT infratuzilmasini kecha-yu kunduz kuzatib boradi va kibertahdidlardan himoya qilmoqda.

Faqatgina 2025 yilning o‘zida mutaxassislarimiz tomonidan 10 mingdan ortiq turli darajadagi DDoS-hujumlar, shu jumladan 180 dan ortiq jiddiy hujumlar muvaffaqiyatli qaytarildi. 68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklandi, tarmoq infratuzilmasiga ruxsatsiz kirishga bo‘lgan 3 ta urinishning oldi to‘liq olindi.

Ushbu faoliyat bu yili ham davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida xavfsizlik tizimlari monitoringi davomida kompaniyaning asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsz kirish aniqlandi. Server qo‘shimcha izolyasiya qilindi, bu esa hodisani chegaralash imkonini berdi.

Abonentlar haqidagi ma’lumotlar, ularning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan tizimlar to‘liq himoyalangan hududda joylashgan. U yerga hech qanday kirish izlari topilmadi. Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmagan.

Hozirgi vaqtda kompaniya mas’ul organlar bilan hamkorlikda hodisani batafsil tekshirishni davom ettirmoqda va axborot tizimlari himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirmoqda”, deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring