Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi ish haqi to‘lash bo‘yicha ma’lumot berdi

Moliya vazirligi ish haqi to‘lash bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligi tomonidan 2018-yil aprel oyining ikkinchi yarmi (oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni) uchun ish haqlari to‘lanishi yuzasidan tizimli monitoring natijalari yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 1-may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga budjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida 573,4 mlrd. so‘m miqdorida maqsadli mablag‘lar ajratildi.

Natijada hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirildi. Shu bilan birga budjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 5 may sanasiga aprel oyining 2-yarmi uchun ish haqi pullarini to‘lanishi respublika bo‘yicha 96,1 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti — 100,0%
Andijon viloyati budjeti — 100,0%
Buxoro viloyati budjeti — 93,2%
Jizzax viloyati budjeti — 90,4%
Kashkadaryo viloyati budjeti — 98,2%
Navoiy viloyati budjeti — 93,8%
Namangan viloyati budjeti — 97,5%
Samarqand viloyati budjeti — 92,5%
Surxondaryo viloyati budjeti — 100,0%
Sirdaryo viloyati budjeti — 97,9%
Toshkent viloyati budjeti — 98,0%
Fargʻona viloyati budjeti — 91,9%
Xorazm viloyati budjeti — 99,3%
Toshkent shahri budjeti — 96,5%

Jami — 96,1%

Bunda Moliya vazirligi tomonidan Respublika budjeti budjet tashkilotlarida ish haqi to‘lanishi 86,6% tashkil etmoqda.

Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet tashkilotlarining ish haqi to‘lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda budjet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring