Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MOQ qoshida sportchilar «choyxona-yu, restoranlarda yurmasligini» nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi

MOQ qoshida sportchilar «choyxona-yu, restoranlarda yurmasligini» nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi

Foto: Zamin.uz

Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov 3-mart kuni Respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘FA rasmiy saytida keltirilishicha, Umid Ahmadjonov bundan buyon sportchilar qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari, bu masalada yangi mexanizm ishlab chiqish fursati allaqachon yetib kelgani haqida gapirgan.

Sportchilarimiz uchun barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Ularga stipendiyalarni to‘lashda davom etamiz. Kerak bo‘lsa to‘lanadigan pul miqdorini ham bir necha marta oshirib bera olamiz. Faqat ular bilan shartnoma imzolaymiz. U yerda o‘z talablarimiz bo‘ladi. Yengil atletikachi kuniga necha km masofa yugurishi kerak? U ertalab nechchida uyqudan turishi lozim? Qanday ovqatlar iste’mol qilyapti? Kechqurun choyxona-yu, restoranlarda yurmayaptimi? MOQ qoshida ularni nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi. Shartnomadagi shartlarga amal qilmaganlar jazolanadi. Sportchida qat’iy tartib bo‘lishi lozim. Maqsadimiz - sportchilarimizni qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorlash. Tartib bo‘lgan joyda natija ham bo‘ladi.

Umid Ahmadjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring