Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro plastik kartalar orqali firibgarlik qanday amalga oshiriladi? O‘zmilliybank ogohlikka chaqiradi!

Xalqaro plastik kartalar orqali firibgarlik qanday amalga oshiriladi? O‘zmilliybank ogohlikka chaqiradi!

Foto: «Xabar.uz»

Plastik kartalar bo‘yicha firibgarlikning ko‘pgina usullari mavjud. O‘zmilliybank so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi firibgarlik sxemasi ko‘payib ketganiga ahamiyat berdi:

Aytaylik, moliyaviy savodxonlikka test ko‘rinishida so‘rov o‘tkaziladi. Test chog‘ida potensial qurbon elektron pochtasi yoki telefon raqami kabi ma’lumotlarni kiritadi. Firibgarlar test o‘tkazilgandan so‘ng potensial qurbon bilan aloqaga chiqadi va savdo platformasi bo‘lgan saytning xizmatidan foydalanishni taklif qiladi. Mazkur sayt minimal sarmoyada ham daromadni oshirishga yordam berishiga mijozni ishontiradi va bonuslar hadya qiladi. Qurbon firibgarlarning qarmog‘iga ilinganidan keyin ular kamida 100 AQSh dollari miqdordagi sarmoyalardan boshlaydi va uni xuddiki muvaffaqiyatli sarmoya sifatida 150-200 AQSh dollari miqdorida qaytaradi. Shu bilan qurbonning ishonchiga kiradi.

Keyin yana bonuslar taklif qilishni boshlaydi va aksariyat karta egalari soddaligi tufayli katta sarmoya tikish uchun brokerlarga 500-3000 AQSh dollari miqdorida yirik summalarni ishonib topshiradi. Shunday sarmoyalar seriyasidan keyin pozitsiya yuqoriga ko‘tarilayotgani va yana-da ko‘proq sarmoya kiritish kerakligi ko‘rsatiladi. Bu safar kattaroq summani kiritishga undov bo‘ladi, lekin shundan so‘ng pozitsiya keskin tushib ketadi va qurbon hisob-raqamdan pul mablag‘larini yechishga harakat qilib, vahimaga tushishni boshlaydi. Biroq pozitsiya ochiq bo‘lgani tufayli ommaviy ofertaga muvofiq, mablag‘larni yechib bo‘lmaydi.

Mana shunday sxema bo‘yicha firibgarlar yengil va tez daromadni va’da qiladi va ishonuvchan, yengil pul ishtiyoqmandlarining mablag‘larini olib qo‘yishi mumkin.

Karta egalari shuni yodda tutishlari kerakki, agar shu kabi sarmoya ishlariga aralashish niyatlari bo‘lsa, boshlanishida sarmoya kiritiladigan saytning shartlari bilan tanishib chiqishlari, internetda foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan xulosalarni topib, o‘qishlari lozim. Qo‘shimchasiga, har qanday saytning shu turdagi moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishga litsenziyasi bo‘lishi kerak. Litsenziyani kim bergani va uning seriya raqamini bilib, haqiqiyligini tekshirib chiqish zarur. Buni litsenziya bergan tartibga soluvchining sayti orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, brokerga litsenziyani bergan tashkilotning ma’lumotlari asosida litsenziyaning amal qilish muddati va haqiqiyligini tekshirish mumkin.

Agar karta egasi shu kabi firibgarlarning qurboni bo‘lsa, shuni yodda tutish lozimki, broker bilan yozishmalar, uning ismi va familiyasi, mijoz tarafidan imzolangan barcha hujjatlar va saytning hamda ommaviy ofertasining ma’lumotlarini maksimal tarzda yig‘ishi kerak. Bularning barchasi dalil hisoblanadi.

Mijoz ushbu hujjatlarni kartani bergan bankka taqdim etish kerak, buning uchun kartaning orqasidagi raqam bo‘yicha murojaat qilish lozim bo‘ladi. Lekin har doim ham o‘g‘irlangan mablag‘ni oddiy yuridik sabablar bo‘yicha qaytarib bo‘lmaydi — potensial qurbon saytning ommaviy ofertasini qabul qilib, saytning shartlariga ko‘nib bo‘lgan. Unutmaslik lozim, saytning ommaviy ofertasi ham shartnoma hisoblanadi va yuridik kuchga ega.

Shu bois ham O‘zmilliybank ehtiyotkorlikka chaqiradi! Yengil va oson pul topish istagi paydo bo‘lganda shu maqola yodingizda tursin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring