Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada sakkizinchi masjid ishga tushirildi

Moskvada sakkizinchi masjid ishga tushirildi

Foto:«Haber 7»

Rossiya poytaxti Moskva shahrida ramazon hayiti kuni 8-jome masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Masjidni Rossiya bosh muftiysi Ravil Gaynuddin ochib berdi.

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbir doirasida «Rossiyada islom» ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

«Bu masjid Moskva shahridagi sakkizinchi ibodat ma’vosidir. Masjidda jami 450 kishi ibodat qila oladi. Masjid 400 m2. Ayollar uchun alohida namozxona ham bor», – deya masjidni ta’riflab berdi Ravil Gaynuddin.

Bu masjid moskvalik musulmonlar uchun ramazon hayiti tuhfasi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring