Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Motorola 200 MP kamerali smartfonini taqdim etadi

Motorola 200 MP kamerali smartfonini taqdim etadi

Motorola kompaniyasi 200 megapikselli kamerali smartfonini relizga tayyorlayapti. Lenovo (Motorola brendi egasi) bosh menejeri Shen Szin Weibo ijtimoiy tarmog‘ida xabarning uchini chiqardi.

Yangi smartfonni birinchi bo‘lib xitoyliklar ko‘rishadi — katta ehtimol bilan iyulda sotuvga chiqadi. Motorola unga qo‘shib egiluvchi Razr smartfonining uchinchi avlodini ham taqdim etishi mumkin.

Motorola 200 megapikselli asosiy kamera (ISOCELL HP1, Samsung) o‘rnatilgan smartfon chiqarishi haqida birinchi marta yanvarda xabar paydo bo‘lgandi. Bundan tashqari, keng burchakli 50 MP, 12 MP «televik» va 60 MP selfi-kamera o‘rnatilishi kutilyapti.

Frontier kod nomi ostidagi ushbu smartfon 6,67 dyuymli OLED-ekran (144 Gs) hamda 125 vattli tezkor quvvatlagichga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring