Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mozambikda jurnalistlar uchun soliq joriy etiladi

Mozambikda jurnalistlar uchun soliq joriy etiladi

Mozambikda ertaga, 22 avgustdan jurnalistlarning mamlakatga kirishi va ishlashi uchun soliq joriy etiladi, deb xabar qilmoqda «Korrespondent.net». Yangi qoidalarga ko‘ra, xorijlik jurnalistlar mamlakatga bir marta kirish  uchun akkreditatsiyaga 2500 dollar, mamlakatda bir yil ishlash uchun esa 8300 dollar to‘lashlari lozim bo‘ladi.

Mahalliy muhbirlar jurnalistik materiallarni chop etish uchun bir yilda 500 dollar, xorijiy media uchun ishlovchi jurnalistlar esa bir yillik akkreditatsiya uchun 3500 dollar miqdorida pul to‘lashlari kerak bo‘ladi.

«Kommersant’»ning yozishicha, yangi soliqlarni OAVlar ham to‘laydi. Mozambik nashrlari bir yilda 34,5 mingdan 69 ming dollargacha, aholining asosiy axborot manbasi bo‘lgan milliy radiostansiyalar esa 35 ming dollarga yaqin soliq to‘lashlari majburiy bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring