«Mubashshir Ahmad ishi»da sud hukmi ustidan shikoyat berilmadi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi xalq orasida Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo – Alisher Tursunovni JKning 3 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan va 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Advokati Abdulloh Sodiqning Kun.uzʼga bildirishicha, Mubashshir Ahmad birinchi instansiya sudi qarori ustidan shikoyat kiritmaslikka qaror qilgan.
«Mubashshir Ahmad domla sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyati bermaslikka qaror qilganini aytdi. Lekin buning sababini izohlamadi.
Lekin men advokat sifatida sud hukmidan noroziman. Sud jarayonida ham domlaning harakatlarida JK 244-1 va 156-moddalar tarkibi yo‘qligini isbotladik.
Shunga qaramay bu ishda asosiy qaror qabul qiluvchi mijozimiz, uning aytgani bo‘yicha keyingi ishlar qilinadi. Menimcha, domla «taqdir» deb, qadarga taslim bo‘ldi. «Odil sudlov»ni ko‘rdi, yana ovoragarchiliklarda yurishni xohlamadi», – deya advokatning so‘zlarini keltirmoqda nashr muxbiri.
Qo‘shmcha qilinishicha, Mubashshir Ahmad ayni vaqtda ham tergov hibsxonasida qolmoqda, jazoni ijro etish koloniyasiga chiqarilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter