Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Foto:«Xabar.uz»

26-mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlangani xabar qilingandi.

Shu sababli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi— Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yo‘llarida 27, 28 va 29-mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kalonnalarning harakatlanishi kutilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakatimiz fuqarolaridan og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi vaqtida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini so‘raydi» deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring