Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi mental arifmetikasi bo‘yicha xalqaro olimpiada chempioni bo‘ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi mental arifmetikasi bo‘yicha xalqaro olimpiada chempioni bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan maktab direktori Amirulla Abdullayev Olimpiada chempioniga sertifikat topshirdi.

Foto: «Inha.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Mirmuhammad Mirhamidov mental arifmetika bo‘yicha xalqaro onlayn-olimpiada chempioni bo‘ldi.

Yaponiya, Xitoy, Hindiston va O‘zbekistoni vakillari «Daholar laboratoriyasi» onlayn olimpiadasida ishtirok etdilar. O‘zbekiston vakillari sovrinlli o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabning oltinchi sinf o‘quvchisi Mirmuhammad Mirhamidov ham bor.

2018-yilning 2-fevralida Mirmuhammad Mirxamidovni taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ixtisoslashtirilgan maktab direktori Amirulla Abdullayev Olimpiada chempioniga sertifikat topshirdi.

Marosim doirasida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun mental arifmetika bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabda davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng jalb qilingan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlari chuqur o‘rgatiladi. Maktabning nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring