Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Saloh yana bir bor mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Muhammad Saloh yana bir bor mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Foto: www.liverpoolfc.com

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh «Liverpul» futbolchilari va muxlislari tomonidan 2017/18-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu mavsumda 25 yoshli hujumchi klub tarkibida barcha musobaqalarda 50 o‘yinda maydonga tushib, 43ta gol urdi, bir necha bor premer-ligada oy futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchi sovrinini esa klub safida 32 o‘yin o‘tkazgan 19 yoshli himoyachi Trent Aleksander-Arnold qo‘lga kiritdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring