Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang o‘tkazadi

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang o‘tkazadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yapon bokschisi, mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o‘rtasidagi kutilgan jang bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Ahmadaliyevning promouteri Eddi Hirn ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Turli manbalarga ko‘ra, jang joriy yilning 14-sentyabr kuni Tokio shahrida o‘tkazilishi mumkin. Ammo hozircha bu haqda rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Naoya Inoue professional ringda 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (26 tasini nokaut bilan). Murodjon Ahmadaliyev esa 14 ta jangda 13 ta g‘alaba (10 ta nokaut) va 1 ta mag‘lubiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring