Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mushuk bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qamaldi

Mushuk bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qamaldi

Skrinshot.

Bo‘stonliqda mushuk bolalariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga hukm chiqarildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi

Sudga qarori bilan, 33 yoshli (M.Sh.)ga nisbatan MJtKning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi. 

Shuningdek, 30 yoshli (A.A.)ga nisbatan MJtKning 220(1)-moddasi (Qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

«Eslatib o‘tamiz, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun qonunchilikda javobgarlik muqarrar. Ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bu kabi harakatlar takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq mushuk bolalarini ayovsiz tepayotgan yigitlar tasviri tarqalgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring