Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mustaqillik bayrami uchun aviachegirmalar e’lon qilindi

Mustaqillik bayrami uchun aviachegirmalar e’lon qilindi

Mustaqillik kuni munosabati bilan 2019 yil 31 avgustdan 3 sentyabrgacha respublika aholisi va xorijlik sayyohlar uchun barcha ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga 30% dan 50% gacha bayram chegirmalari e’lon qilindi.

Bayram chegirmalari:

  • individual yo‘lovchilar uchun – 30%;
  • sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy o‘quv yurtlari, kollej talabalari, maktab o‘quvchilari, IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%;
  • oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
  • nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;
  • Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun – 50%.

Aviachiptalarni barcha kassalarida chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring