Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu» muxlislari uchun yomon xabar: Krishtianu Ronaldu Manchesterga qaytmoqchi...

«MYu» muxlislari uchun yomon xabar: Krishtianu Ronaldu Manchesterga qaytmoqchi...

Foto: «AP Images»

Krishtianu Ronaldu Manchesterga qaytish istagida. Biroq u kelajagini «Yunayted»da emas, balki uning azaliy raqibi — «Siti»da ko‘ryapti...

«Sport-Ekspress» yozishicha, Ronaldu «Yuventus»dan ketmoqchi. 36 yoshli futbolchi faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirish niyatida. Bu haqda u «shaharlik» vatandoshlari Bernardu Silva, Ruben Diash va Joze Kanselular bilan maslahatlashgani aytiladi.

Biroq Angliyaning amaldagi chempionini Ronaldudan ko‘ra «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn ko‘proq qiziqtiryapti. Keyn bilan muzokaralar ish bermagan taqdirdagina «Manchester Siti» Krishtianu Ronaldu masalasiga o‘tadi, deyiladi xabarda.

Jurnalist Janluka Di Marsio yozishicha, Ronalduning «Siti»ga o‘tishi juda qiyin masala. Chunki turinliklar Ronalduning transferidan 25–30 mln. yevro ishlab olishmoqchi. «Shaharliklar» esa bir chaqa ham to‘lash niyatida emas. Buning ustiga, portugaliyalik yulduz bilan shartnoma imzolash uchun, avvaliga Rahim Sterlingning bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi.

Ronalduni «Yuventus»ni qiziqtirayotgan Gabriel Jezus bilan ayirboshlash varianti ham bor, ammo Pep Gvardiola Jezusni qo‘yib yubormoqchi emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring