Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi: tafsilotlar

Namanganda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi: tafsilotlar

Foto: Prokuratura departamenti.

Uchqo‘rg‘on tumanida 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “R.K.” MChJ rahbari B.M. (muqaddam sudlangan) umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring