Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «iPhone» ortidan hojatxonaga tushganlar halok bo‘ldi

Namanganda «iPhone» ortidan hojatxonaga tushganlar halok bo‘ldi

Kecha, 25 mart kuni soat 22:00lar atrofida Namangan viloyatining Pop tumanida ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.

Tumandagi Oybek MFYda yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan B.R. uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga «iPhone» mobil telefonini tushirib yuboradi. U telefonni olish uchun qo‘shnisi, 1985 yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqiradi.

Arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan B.R. hushini yo‘qotgan, shunda E.Niyazov uni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushadi va u ham hushidan ketadi.

Buni ko‘rgan B.R.ning otasi H.R. yordamga shoshiladi va hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlanadi.

E.N., B.R., H.R. O‘zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.N. va B.R. zaharlanib voqea joyida halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu hojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonlar ortidan sodir bo‘lgan birinchi ko‘ngilsiz hodisa emas. O‘tgan yilning 13 iyul kuni aynan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «Samsung Galaxy J7» telefoni tufayli uch kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring