Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda shifokorni ko‘zidan ayirgan mushtumzo‘r ushlandi

Namanganda shifokorni ko‘zidan ayirgan mushtumzo‘r ushlandi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi jarrohi O.Q.ga bemorning tog‘asi tomonidan tajovuz qilinib, tiklanib bo‘lmas jarohat yetkazilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, Namanganda 2020-yilning 2-yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Uchqo‘rg‘on tumanining markaziy kasalxonasida 29 yoshli B.T. o‘zining kichik yoshli jiyaniga tibbiyot xodimlaridan tibbiy yordam ko‘rsatishni qo‘pol tarzda talab qilib, u yerda xizmat olib borayotgan 58 yoshli navbatchi jarroh O.K. bilan janjallashib, natijada B.T. qo‘lini mushti bilan O.K.ning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, O.K. og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «b» bandi (o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga nisbatan) B.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring