Namangandagi AYoQShda bir kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyati Chust tumanida AYoQShda yuzaga kelgan chaqnashda bir kishi halok bo‘ldi.
2025-yil 25-oktyabr kuni Namangan viloyati Chust tumani “Birlik” mahallasida ish faoliyatini to‘xtatgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida chaqnash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.
Hodisa joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in yuzaga kelmagan. 10 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternasining boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi natijasida chaqnash yuz bergan.
Chaqnash oqibatida, payvandlovchi sifatida ishlagan ishchi vafot etgan.
Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter