Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Naqd pullar qayerdan keldi?» Andijon hokimining gaplari aks-sado bera boshladi...

«Naqd pullar qayerdan keldi?» Andijon hokimining gaplari aks-sado bera boshladi...

Foto: «tajweek.tj»

Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning  mahalliy «Andijon» futbol klubi haqidagi gaplari aks-sado bera boshladi.

Hokimning ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «nutqi»da futbol klubi natijalaridan qattiq norozi ekanini ilg‘ash qiyish emas: «14-o‘rinda... Menga alam qilmaydimi? 17 milliard so‘mga stadion qilib bersam, oyma-oy oyligini bersam... Eng kami 10 million oylik olishadi... Qo‘liga pul bersamu, yutqazib kelaversa. Nega ularga pul berishim kerak? Alam qilmaydimi? Eng yomoni – bu 100 foiz homiylik bilan bo‘ladigan narsa. Homiylar ham komanda yaxshi bo‘lsa homiylik qiladi-da... 14-o‘rinda bo‘lsa, yutqazib kelaversa, homiylarga bu yoqadimi? Menga shu alam qildi. Oxiri gaplashmay qo‘ydim, kerak emas menga bunday futbol... Yaqinda yuragim achishib, baribir yana pul berdim. Shundan keyin 2-3 o‘yinda 10-o‘ringa chiqib olishdi. Agar yutib kelsang, har o‘yinda oladigan oyligingdan tashqari 100 million so‘m mukofot beraman deyapman. «Metallurg»ni yutib kelganida 100 million so‘mni qopi bilan olib kelib berdim. «Navbahor»ga qarshi o‘yindan oldin muovinim orqali 280 million so‘m berib yubordim. Telefonda kuch-quvvat tiladim, agar «Navbahor»ni yutsang yana 100 million so‘m beraman dedim. 0:1 hisobida yutqazib qo‘yishdi...»

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev hokimning bu gaplariga quyidagicha munosabat bildirdi: «...Qachonki, hokim stadionni 17 milliardga ta’mirlattirganini, klubga pul berayotganini aytsa, bu, uning viloyat budjetini xuddi o‘zinikidek taqsimlayotganini anglatadi.  Qachonki hokim, muovini orqali klubga yuz million naqd berib yuborganini, keyin yana 280 million naqd pul tarqatganini aytsa, kerakli idoralar qiziqishi kerak — bu naqd pullar qayerdan keldi va ularning solig‘i to‘langanmi?

Qachonki, hokim, so‘nggi o‘rinda borayotgan klubga pul berishga majbur emasligini aytsa, u haq. Shaxsan unda bunday majburiyat yo‘q. O‘sha klub ta’sischilari va homiylarida bor bunday majburiyat, u ham joriy shartnomalar va kelishuvlar asosida.

Agar ta’sischilar klubga qilingan harajatlar o‘zini oqlamayapti, deb hisoblashsa, ular klubni yopadilar yoki undan qutuladilar. Masalan, Roman Abramovich yoki Shayx Mansur o‘z klublariga xaddan tashqari ko‘p pul ketayotganidan shikoyat qilishlarini tasavvur qila olmayman. Alisher Usmonovga «Arsenal» klubi boshqaruvidagi ba’zi qarorlar yoqmadi, natijada o‘ziga tegishli 30 foizlik aksiyani sotib yubordi. E’tibor bering, tilga olingan bu insonlar, rostan ham, «men klubga pul beryapman», deyishga haqqi bo‘lgan odamlardir...»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring