Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«National Geographic» dunyoning «eng mazali» shaharlarini tanladi (reyting)

«National Geographic» dunyoning «eng mazali» shaharlarini tanladi (reyting)

«National Geographic» jurnali mutaxassislari dunyoning qaysi shaharlarida eng tansiq, eng mazali taomlar ko‘proq tayyorlanishini aniqlashdi.

Reytingni tuzishda tor doiradagi mutaxassislar bilan birga, millionlab foydalanuvchilarning internetda qoldirgan baholari («Google», «Facebook», «Instagram», «TripAdvisor» va boshqalar) inobatga olindi.

Foto: «National Geographic»

«Mazali taomlar» reytingi yetakchisi — London shahri. Ta’kidlashlaricha, Britaniya poytaxti, o‘z pablaridan tashqari, bittadan uchtagacha Mishlen yulduziga ega kamida 70 ta restoranida mehmonlarni xursand qilib jo‘nata oladi.


Foto: «National Geographic»

Tokio ikkinchi o‘rinda, holbuki Yaponiya poytaxtida Mishlen yulduziga ega 230 dan ortiq restoran bor. Aksariyat sayyohlar bu shaharni dunyodagi «eng mazali» megapolis deya e’tirof etishdi.


Foto: «National Geographic»

«Kuchli uchlik» Seul yakunlaydi. Ekspertlarning fikricha, Koreya Respublikasi poytaxtida an’anaviy taomlarning xil-xilini topasiz, buning uchun jahondagi eng katta bozorlardan biri — besh mingdan ortiq savdo nuqtalariga ega Kvanchjanga borsangiz kifoya. Unutmang, bu yerga kelsangiz, koreyscha barbekyuni tatimasdan ketmang!

Reytingda o‘z o‘rniga ko‘ra qolgan shaharlar «top-10»da quyidagicha joylashdi: Parij (4-o‘rin), Nyu-York (5), Rim (6), Bangkok (7), San-Paulu (8), Barselona (9), Dubay (10).

Shuningdek, Istanbul, Singapur, Madrid, Shanxay, Osaka, Las-Vegas, Gonkong, Berlin, Pekin, Rio-de-Janeyro va Nyu-Deli ham gastronomik turizm eng yaxshi rivojlangan  shaharlar qatoriga kirdi.

Xabar qilinishicha, mazkur reyting yetakchiligi uchun dastavval 200 shahar kurash olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring