Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda maktab o‘quvchilari YTH sodir etdi: tafsilotlar

Navoiyda maktab o‘quvchilari YTH sodir etdi: tafsilotlar

Videodan kadr.

Navoiy viloyati, Nurota tumani, «Istiqlol» MFY hududida joylashgan Soyikechar qishlog‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, mopedda harakatlanib kelayotgan ikki nafar yigitcha kutilmaganda transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan «Cobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Aniqlanishicha, ular Nurota tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari bo‘lgan. O‘quvchilardan biri sinfdoshining otasiga tegishli «Lochin» rusumli mototransport vositasini boshqarib kelayotgan bo‘lib, yetarli tajribaga ega emasligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada har ikki transport vositasiga jiddiy zarar yetgan. Yaxshiyamki, ushbu hodisa og‘ir tan jarohatlari yoki yanada ayanchli oqibatlar bilan yakunlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, mototransport vositasini boshqarish ham ma’lum bilim, malaka va mas’uliyat talab qilingan edi. Moped haydovchilari ham barcha haydovchilar kabi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.

Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida bo‘lim binosiga chaqirtirilgan.

«Suhbat davomida bunday xatti-harakatlar og‘ir tan jarohatlari yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, ta’sirchan profilaktik videorolik namoyish etildi. O‘quvchilar va ularning ota-onalaridan farzandlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish yuzasidan tilxatlar olindi»,-dedi Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring