Nega koreys erkaklari yapon ayollariga uylanishni istashadi?

News on Japan yozishicha, yapon ayollariga uylanish maqsadida Janubiy Koreyadan Kunchiqar yurtga keluvchilar tobora ko‘paymoqda.
Nashr qator sabablarni keltirdi. Janubiy Koreyada uylanish serchiqim, uy-joy bilan ta’minlash majburiyati ham kuyovga yuklanadi, aksariyat erkaklarning bunga qurbi yetmasligi mumkin.
«Yaponiyada uylanish» dasturi xarajatlari — nari borsa 7 ming dollar.
Sabablardan yana biri — yapon ayoli oiladagi moliyaviy majburiyatlarning teng taqsimlanishiga uncha qarshi emas. Yana ayrim fikrlarga ko‘ra, yapon ayoli koreys ayoliga qaraganda oiladagi osudalikni yaxshi ta’minlab, eriga mehribonroq bo‘ladi.
Yaponiyadagi nikoh agentliklari ma’lumotiga ko‘ra, janubiy koreyalik erkaklardan 8 mingga yaqin ariza kelib tushgan. Yana bir jihat, yapon ayollari orasida koreys madaniyati va kinosiga qiziqish oshib boryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter