Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega neft narxi tushsa-da, O‘zbekistonda benzin narxi oshmoqda?

Nega neft narxi tushsa-da, O‘zbekistonda benzin narxi oshmoqda?

Foto: «Autostrada.uz»

«O‘zneftmahsulot» kompaniyasi import xomashyo asosida tayyorlangan benzin narxini yana oshirdi.

AI-95 markali benzinning 1 litri narxi 11 foiz oshib, 7200 so‘mga yetdi.

Bundan oldinroq, 2017-yilning noyabrida valyuta va neft mahsulotlari bozori liberalizatsiyasidan so‘ng AI-95 narxi deyarli ikki barobar oshib, 6500 so‘mga yetgandi.

Bu liberalizatsiya natijasida yuridik shaxslar birja savdolarida yoqilg‘ini sotish va sotib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, uglevodorod xomashyosini olib kiruvchi tashkilotlar mulkchilik shaklidan va bu xomashyo qay maqsadda ishlatilishidan qat’i nazar 2020-yilning 1-yanvariga qadar bu xomashyoni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi to‘lovlaridan tashqari) ozod qilingan.

Qolaversa, «O‘zneftmahsulot» aksionerlik jamiyati foyda solig‘i to‘lashda ham qator imtiyozlarga ega bo‘ldi va tejalgan mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflashi lozim.

Shunday qilib davlat bozorni sifatli va arzon yoqilg‘i bilan to‘ldirish va ishlab chiqarishni oshirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Tashqi boshqaruvni kamaytirib, benzin «tijoriy narx»larda sotilishi uchun sharoit yaratmoqda.

«O‘zneftmahsulot» AJ narx oshirilishini shunday izohladi: «Hozir narxlar oshishi sababi tushunarli, mahsulot tannarxi oshdi, bu esa o‘z navbatida dunyo bozorida neft narxi oshishi bilan bog‘liq» («Gazeta.uz»).

Maqola chop etilayotgan paytda dunyo bozorida «Brent» markali neft narxi 64,5 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. O‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida ham narxlar shu atrofda bo‘lgan (bir barreli 62-65 dollar).

Yanvar oyida neft narxida qisqa muddatli o‘sish kuzatildi va bir barrelining bahosi 70 dollardan ham oshdi.

Tabiiyki, neft narxlari 7,5 foiz oshishi ortidan O‘zbekistonda ham AI-95 markali benzin 11 foiz qimmatladi. Demak, narxlarga qaraganda benzin bahosiga faqat neft fyucherslarigina ta’sir qilmaydi. Bu haqda kompaniya hozircha sukut saqlamoqda.

Bir muddat oldin iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Mubin Mirzayev benzin narxining oshishi sohaning zarar ko‘rib ishlashi hisobiga bo‘layotganini tan olgandi.

Sohadagi islohotlarga ko‘ra umumiy texnik reglament qabul qilingan bo‘lib, avtomobil yonilg‘isi va boshqa turdagi yoqilg‘ilarga yangi talablar qo‘yilgan, bu esa O‘zbekistondagi benzin yangi standartlarga javob berishini anglatadi.

Lekin ko‘pchilikni bir savol qiziqtiradi: neft narxining tushishi ortidan benzin bahosi ham pasayadimi? Bozor talabi shu, narx-navo shaffof bo‘lishi lozim. Xaridor mahsulot sotib olarkan, savol berishi tabiiy — «nimaga asoslanib xomashyo arzonlagani holda mahsulot narxi oshmoqda?».

Agar benzin bahosi neft narxiga faqat qisman bog‘langan bo‘lsa va faqat oshganda oshib, pasayganda pasaymasa, demak, bu boradagi islohot samara bermayapti va sohada korrupsion manfaatlar saqlanib turibdi. 

Import benzin narxi tushmoqda

«Jizzakh petroleum» sotayotgan import benzin narxi bir oy ichida taxminan 6 foiz, 8500 so‘mdan 8000 so‘mga qadar arzonlashdi. Kompaniya buni xarajatlar pasaygani va import hajmi oshgani bilan izohladi.

Oldinroq biz O‘zbekistonda bir litr import benzinning bahosi transport xarajatlarisiz 3963 so‘mni tashkil qilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.

Rossiyadan eksport

O‘zbekistonda bir litr import benzinning transport xarajatlari va boshqa to‘lovlarsiz bahosi

1 tonna AI-95 5-klassning Moskva birjasidagi bahosi

$743

1 tonna AI-95 5-klassning O‘zbekiston chegarasidagi bahosi

 $485,0

Aksiz bilan birga (eksport qilinganda olinadi)

$170

Aksiz (5%)

 $ 29,1

QQS bilan (eksport qilinganda olinadi)

$113

O‘zbekistonda QQS (20%)

$97,0

Eksport boji

$25,2

Import boji (PQ-3303)

0%

1 tonna AI-95 5-klassning Rossiyadan eksport bahosi

 

$485,0

1 tonna AI-95 5-klassning O‘zbekiston hududidagi bahosi

$611,1

Transport xarajatlarisiz hisoblanganda minimal narx

1 tonna = 1333,3 l.

Bir tonnaning so‘mdagi bahosi

4 973 962 UZS

1 litr uchun iste’mol solig‘i bilan birga narx (bir litrdan 232,5 so‘m)

3 963 UZS

Rossiyaning transport kompaniyalari yordami bilan Omskdan Toshkentga olib kelinadigan 66 tonna (standart temiryo‘l sisternasiga 88 ming litr benzin sig‘adi) benzin narxini hisoblab chiqdik.

Bunda bir sisterna uchun 3200 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi. Ya’ni tashib kelish chiqimining asosiy qismi uchun kamida 300 so‘m (bir litrga) sarflanadi.

Nega aynan Omskdan? Omskda «Gazpromneft»ning yirik ishlab chiqarish korxonasi joylashgan bo‘lib, u «Jizzakh petroleum»ga yog‘ilg‘i yetkazib beradi. Bundan kelib chiqadiki, transportirovka qilish, importchining boshqa chiqim va kirimlari benzinning deyarli yarim narxiga teng kelmoqda. Bu o‘rinda bahoni boshqarish va narxlarni 6 foiz tushirish uchun bo‘shliq paydo bo‘lmoqda.

Umid qilamizki, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladigan «Jizzakh petroleum» moliyaviy hisobotni e’lon qiladi va O‘zbekistonga import qilinadigan benzin narxlarini shakllantirish mexanizmi haqida ma’lumot beradi.

Solishtirish uchun: Qirg‘iziston neft mahsulotlarini to‘liq import qiladi. Yoqilg‘i ta’minoti bilan besh-olti kompaniya shug‘ullanadi. Mamlakatning janubiy hududida AI-92 63 sent yoki 5200 so‘m, AI-95 68 sent yoki 5600 so‘m. Shimolda esa yanada arzonroq. Chunki neft Omskdan olib kelinadi. Yana import vaqtida bosib o‘tilgan masofa ham narxni shakllantirishda inobatga olinadi.

Manba: autostrada.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring