Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?

Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?

Foto: «Fotolia»

Smartfonni 100 foiz quvvatlash — akkumulyator uchun zararli. Bu haqda «Mail.ru Hi-Tech» rahbari Dmitriy Ryabinin ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, bu yerda muammo qurilma to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng elektr tokidan vaqtida uzib qo‘yilmasligidir.

— Smartfon quvvat olib bo‘lganidan keyin ham elektr tokida qolsa, akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, ya’ni tarmoqdagi kuchlanish oqibatida qizib boraveradi, — dedi Ryabinin.

Ekspert smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yishni tavsiya qildi.

Yana qo‘shimcha qilinishicha, akkumulyatorni «o‘tirib qolgunicha» ishlatib, keyin o‘chiq smartfonni tokka ulash ham akkumulyator umrini qisqartiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring