Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemis olimi qorinni yo‘qotish sirini ma’lum qildi

Nemis olimi qorinni yo‘qotish sirini ma’lum qildi

Foto: «Thoughtcatalog.com»

Germaniyada Gisen universiteti olimi Mixael Deshpegel qorin sohasidagi ortiqcha vazndan oson qutulish sirini fosh etdi, deb yozadi «Focus» portali.

Deshpegel «2+2+4» formulasi bo‘yicha ozishni taklif qilmoqda. Bunda odam dastlabki ikki kun kardio mashg‘ulot, masalan, nordcha yurish, lo‘killab yugurish, suzish yoki velosiped minish bilan shug‘ullanishi darkor.

Keyingi ikki kun olim kuch ishlatiladigan kichik tezlikdagi mashqlarni bajarishni maslahat beradi. Ularni uy sharoitida ham bajarsa bo‘ladi. Faqat to‘rtala kunda ham ozuvchi odam to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishi talab etiladi.

Haftaning qolgan uch kuni jismoniy yuklamalardan dam olib, oziq-ovqatni qat’iy cheklamasa ham bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring