Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Isroil prezidentidan uni afv etishni so‘radi

Netanyahu Isroil prezidentidan uni afv etishni so‘radi

Netanyahu va Is’hoq Gersog.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Prezident Is’hoq Gersogga rasmiy avf so‘rovini topshirdi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti devoni

Alohida videomurojaatda Netanyaxu o‘z ishi mamlakatni ikkiga bo‘lib tashlaganini va avf milliy birlikni tiklashga yordam berishini aytdi. Shuningdek, u haftada uch marta sudga kelish talabi uni boshqaruvdan chalg‘itayotganini aytdi. 

Noyabr oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Gersogga xat yuborib, Netanyaxu uchun to‘liq avf berishni so‘radi. Tramp Netanyaxu «qudratli raqiblarga qarshi Isroilni jasorat bilan himoya qilganini» va uni mamlakatni boshqarishdan chalg‘itish asossiz ekanligini yozgan. 

Isroilda prezident asosan ramziy funksiyalarni bajaradi, ammo konstitutsiyaviy qonunlardan biri unga «jinoyatchilarni avf etish va ularning jazosini yengillashtirish» vakolatini beradi. Isroil Oliy sudi ham o‘tmishda prezident sudlanmagan shaxslarni avf etish vakolatidan, agar bu jamoat manfaatlari uchun yoki «favqulodda shaxsiy holatlar» uchun zarur bo‘lsa, foydalanishi mumkinligi haqida qaror chiqargan edi. 

«Prezident idorasi bu jiddiy oqibatlarga olib keladigan favqulodda so‘rov ekanligini tushunadi. Barcha tegishli xulosalarni olgandan so‘ng, Prezident ushbu so‘rovni mas’uliyat bilan va samimiyat bilan ko‘rib chiqadi», dedi Gersog idorasi, prezident qancha vaqt ichida qaror qabul qilishi mumkinligini aniqlamasdan. 

Prezident idorasi so‘rovning to‘liq matnini e’lon qildi, unda bosh vazir imzolagan xat va uning advokatining 111 sahifali hujjati mavjud. 

Netanyaxu Isroil tarixida sudga tortilgan yagona amaldagi bosh vazirdir. U uchta alohida ishda firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblangan, bu ishlarda u badavlat siyosiy tarafdorlar bilan xayrixohlik qilishda ayblanmoqda. Unga qarshi korrupsiya ishlari orasida biznesmenlardan qariyb 700 000 shekel (200 000 dollardan ortiq) miqdorida sovg‘alarni qabul qilish ayblovlari ham bor. 

Netanyaxu ustidan 2020 yilda boshlangan sud jarayoni hali ham davom etmoqda. U barcha ayblovlarni rad etib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring