Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nissan» 5-martdan boshlab haydovchisiz boshqariladigan taksini sinovdan o‘tkazadi

«Nissan» 5-martdan boshlab haydovchisiz boshqariladigan taksini sinovdan o‘tkazadi

«Easy Ride» haydovchisiz boshqariladigan taksi xizmati

Foto: «Hi-News»

«Nissan» avtomobilsozlik konserni tez orada o‘zining «Easy Ride» haydovchisiz boshqariladigan taksi xizmatini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi. Mazkur taksi uchun mobil dasturni «Pokemon Go» va boshqa bir qator loyihalarga mualliflik qilgan «DeNA» kompaniyasi ishlab chiqqan, deb xabar berdi «Hi-News».

Ushbu servisdan faqatgina Iokogama shahri aholisi foydalanishi mumkin. Haydovchisiz boshqariladigan taksi 2018-yilning 5-martidan boshlab «Nissan» shtab-kvartirasidan «Yokohama World Porters» savdo markazigacha qatnaydi. Ma’lum qilinishicha, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilar «Easy Ride» dasturini va boshqa ko‘plab funksiyalarni sinab ko‘rishi mumkin. Dastur ovozli va matni buyruqlarni tushunadi.

Mashinaning o‘zi mijozga ma’qul musiqani qo‘yadi, supermarketdagi chegirmalar haqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari dastur yordamida haydovchisiz taksining jihatlariga baho berish, uni chaqirishdan oldin yo‘nalish bo‘yicha harakat necha pulga tushishi mumkinligini bilib olish mumkin.

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, test sinovi bir necha hafta davom etadi. Bu vaqt ichida to‘g‘irlanishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumotlar yig‘ilib, dasturiy ta’minot o‘zgartirib boriladi. 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlariga qadar kompaniya servisni to‘liq yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring