Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nohaq bo‘shatilgan direktor lavozimiga tiklandi

Nohaq bo‘shatilgan direktor lavozimiga tiklandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimidan nohaq ishdan bo‘shatilgan Nuriya Semmari lavozimiga tiklandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

2018-yilning avgust oyi so‘ngida Xalq ta’limi vazirligining «Ustoz ovozi» virtual inspektor tizimining telegramm botiga ushbu maktab bitiruvchilari, hozirda Rossiyada va Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi Guseyn Nadjafov va Oksana Kimlar murojaat qildilar.

Ular o‘z murojaatlarida tajribali, o‘z ishining ustasi va mahoratli pedagog, 31-sonli umumta’lim maktabi direktori Nuriya Semmari egallab turgan lavozimidan nohaq ishdan olingani va Xalq ta’limi vazirligidan ushbu holatni atroflicha o‘rganib chiqishni so‘ragan edilar.

Xalq ta’limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu murojaatlarni o‘rganib chiqdilar va Nuriya Semmari 31-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimidan nohaq bo‘shatilgani aniqlandi.

Shundan so‘ng esa, Nuriya Semmari direktorlik faoliyati davomida samarali ishlagani va yuqori natijalarga erishganini inobatga olgan holda vazifasiga qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring