Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nokia» noodatiy revolver-kameraga ega smartfonni taqdim qiladi

«Nokia» noodatiy revolver-kameraga ega smartfonni taqdim qiladi

«Nokia 8 Pro» smartfoni beshta ob’yektivga ega va «aylanuvchan zum» texnologiyali noodatiy revolver-kameraga ega bo‘ladi.

Foto: «Anews.com»

«HMD Global» kompaniyasi jahon bozorida o‘zining kamerasi bilan ajralib turadigan «Nokia 8 Pro» qurilmasi ustida ish olib bormoqda. Yangi smartfon joriy yilning avgust-sentyabr oylarida sotuvga chiqadi, deb xabar berdi «NV.ua».

Mazkur smartfon «Zeiss» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan beshta ob’yektivga ega va «aylanuvchan zum» texnologiyali noodatiy revolver-kameraga ega bo‘ladi. Shuningdek, barmoq izi skaneri asosiy kamera ostidan joy oladi, displeyining o‘lchami 18:9 ga teng bo‘lib, orqa paneli mustahkam oynadan ishlanadi.

Qurilma «Lumia 1020» smartfonidagi kabi qavariq aylana ichida joylashgan kamerali korpusga ega bo‘ladi. Qavariqda yettita teshik bo‘lib, ulardan beshtasi o‘ziga xos aylana hosil qiladigan kamera modullari uchun bo‘lsa, ikkitasi chiroq uchun.

Manbaning ta’kidlashicha, «Nokia 8 Pro» bunga qadar «Nokia 10» nomi bilan ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lgan smartfondir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring