Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada ham halokat. Noqonuniy migrantlar joylashgan mikroavtobus yonib ketdi

Turkiyada ham halokat. Noqonuniy migrantlar joylashgan mikroavtobus yonib ketdi

Foto: «Anadolu» AA

Bugun, 30-mart kuni Turkiya sharqidagi Igdir provinsiyasida noqonuniy muhojirlar joylashgan mikroavtobus yonib ketdi. Natijada 17 kishi halok bo‘ldi, yana 36 kishi jarohat olgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Mikroavtobusda Eron-Turkiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston, Pokiston va Iroq fuqarolari bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, 14 kishilik avtobusda 50 dan ziyod kishi joylashgan.

Hodisa joyiga politsiya, yong‘in xavfsizligi va tez yordam xizmati xodimlari yetib kelgan. Yong‘in bartaraf etilib, jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ba’zilari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-mart kuni Tailandda ham 50 kishiga mo‘ljallangan avtobusda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida myanmalik 20 nafar mehnat muhojiri halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring