Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Novgorod viloyatidagi yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi

Novgorod viloyatidagi yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi

Foto: «Gazeta.ru»

Bugun, 8-aprel kuni Rossiyaning Novgorod viloyatida joylashgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi, natijada besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Volotovo aholi punktida yong‘in bartaraf etilgach, besh kishining jasadi topilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan bola ekanligi aytilmoqda.

Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Avvaalroq Moskvadagi «Persey dlya detey» nomli savdo markazida ham yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring