Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurotada davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi

Nurotada davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi

Foto: Nurota tumani DXM

Nurota tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi.

Unda barcha qulayliklarga ega xizmat ko‘rsatish oynalari, bolalar maydonchasi, kutish zali, mutolaa uchun qo‘yilgan kitob javoni tantanada ishtirok etgan 400 nafardan ortiq nurotaliklarni xursand etdi. Boisi avval odamlar ikki-uch kichik xonalari bor markazda ancha tiqilib qolgandilar. Raqamlar buni isbotlaydi. Markazda 2018-yilda jami xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 4 oyi davomida 14 mingdan ortiq fuqaro murojaatiga xizmat ko‘rsatildi.

Foto: Nurota tumani DXM

Kuniga 250-300 nafarga yaqin fuqaro markaz xizmatidan foydalanadi.

Albatta, yangi bino ishga tushganidan davlat xizmatlari markazi xodimlari nihoyatda xursand. Chunki, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi gavjumlik va murojaatchilar oldida tashkil etilgan xizmat sifatidan hijolat bo‘lishlar ortda qoldi.

Foto: Nurota tumani DXM

Xullas, keng va yorug‘, barcha qulayliklarga ega zamoanviy binoda xalqqa xizmat ko‘rsatish ham faxr, ham ma’suliyat yuklaydi.

Shahobiddin Ro‘ziyev,
Nurota tumani DXM direktori

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring