Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: AQSh Eronga qarshi «hal qiluvchi va qaqshatqich» zarbaga tayyorlanmoqda

OAV: AQSh Eronga qarshi «hal qiluvchi va qaqshatqich» zarbaga tayyorlanmoqda

Axios nashrining rasmiylarga tayanib xabar berishicha, Pentagon Eronga qarshi «hal qiluvchi zarba» berish variantlarini ishlab chiqmoqda

Nashr manbalari to‘rtta asosiy ssenariyni keltiradi: 

- Eron neft eksportining asosiy markazi bo‘lgan Xarg oroliga bostirib kirish yoki blokada qilish; 

-Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni mustahkamlashga yordam beradigan Larak oroliga bostirib kirish.«Ushbu strategik muhim postda Eron bunkerlari, yuk kemalarini portlatishga qodir bo‘lgan qurolli qayiqlar va bo‘g‘ozdagi harakatlarni kuzatuvchi radarlar joylashgan», deb tushuntiradi Axios; 

- strategik jihatdan muhim Abu Musa orolini va bo‘g‘ozning g‘arbiy kirish qismi yaqinida joylashgan va Eron tomonidan nazorat qilinadigan ikkita kichikroq orolni egallab olish; 

- Ho‘rmuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida Eron neftini eksport qiluvchi kemalarni blokirovka qilish yoki egallab olish. 

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiylari Eron hududiga chuqurroq kirishni o‘z ichiga olgan quruqlikdagi operatsiyalar rejalarini ham tayyorlagan. 

Maqolada AQSh prezidenti hali bu ssenariylarning birortasi bo‘yicha qaror qabul qilmaganligi ta’kidlangan. Oq uy rasmiylari har qanday potensial quruqlikdagi operatsiyalarni «gipotetik» deb atashadi. Biroq, manbalarga ko‘ra, agar Eron bilan muzokaralar aniq natijalarga olib kelmasa, Amerika rahbari vaziyatni keskinlashtirishga tayyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring