Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Ektor Kuper bo‘shatiladi. O‘rniga Abramov tayinlanishi kutilmoqda

OAV: Ektor Kuper bo‘shatiladi. O‘rniga Abramov tayinlanishi kutilmoqda

Ayrim ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik bosh murabbiyi Ektor Kuper lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunga terma jamoaning oxirgi uchrashuvlardagi natijasi va o‘yin uslubi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

SPORTS.uz sayti ma’lum qilishicha, ko‘plab munozaralardan so‘ng argentinalik mutaxassis lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga «Bunyodkor» klubi ustozi Vadim Abramov tayinlanishi kutilmoqda. Bu borada Abramov O‘FA rahbariyati bilan muzokara ham o‘tkazgan.

Yaqin kunlarda Kuperning ketishi va Abramovning milliy jamoamizga tayinlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring