Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosi: balandparvoz gaplar ortda qoldimi?

Odam savdosi: balandparvoz gaplar ortda qoldimi?

Foto: «Xabar.uz»

Odam savdosi haqida uchta fakt:

Odam savdosidan jabr ko‘rganlarning deyarli barchasi yaqin tanishlari yoki qo‘ni-qo‘shnilari orqali xorijda «ishga joylashgan».

Deyarli barchasiga «Yo‘lkirangni qoplashadi, hujjatlarni ham o‘zlari hal qilishadi», deb aytilgan.

Ish uchun patent olish bahonasida pasportlarini olib qo‘yishgan.

Odam savdosi haqida yuqorida so‘z yuritilgan faktlar Yunusobod tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan odam savdosiga qarshish kurashish, mazkur patent jinoyatning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan seminarda alohida tilga olindi.

Ta’qidlanishicha, jahonda insonlarni pullashdan tushadigan daromad yiliga 12 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda. Har yili 4,5 million odam qullikka mahkum bo‘lib qolmoqda.

Seminarda Odam savdosiga qarshish kurashish bo‘yicha Yunusobod tuman hududiy idoralararo komissiyasi raisi, Yunusobod tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik E.Xayrullayev so‘zga chiqib, komissiya tomonidan odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda olib borilgan tadbirlar, komissiya faoliyatidagi kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasidagi  chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish hamda doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarni respublikamizga qaytarish, uzoq muddatdan keyin qaytgan fuqarolar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi bilan mazkur yo‘nalishdagi amaliy harakatlar, odam savdosi jinoyati qurbonlariga, xorijdan deportatsiya bo‘lib qaytgan fuqarolarimizni ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilayotgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda tuman hokimligi, prokuraturasidagi sohaviy xizmat vakillari ham ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring