Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odil Ahmedov jamoasining OChLdagi o‘yinini o‘zbekistonlik hakam boshqaradi

Odil Ahmedov jamoasining OChLdagi o‘yinini o‘zbekistonlik hakam boshqaradi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotganini bilasiz.

Jumladan, kecha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Al-Garafa» (Qatar) – «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishdi. Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam berishdi.

Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tadigan OChL guruh bosqichidan o‘rin olgan «Al-Hilol» (S.Arabistoni) – «Al-Rayyan» (Qatar) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirilgan. Mazkur o‘yinda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlashadi.

Bundan tashqari, shu yilning 10-17-mart kunlari Dubay shahrida FIFA tomonidan JChda ishtirok etuvchi hakamlar uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot seminari bo‘lib o‘tadi. Mazkur seminarga dunyoning eng yaxshi hakamlari qatorida e’tirof etiladigan hamyurtimiz Ravshan Ermatov taklif etilgan.

O‘zbekistonlik hakamlar yana quyidagi xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishadi:

13-mart. OChL
«Ulsan Xyunday» (J.Koreya) – «Shanxay SIPG» (Xitoy)
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.

13-mart. OFK Kubogi
«Al-Ansor» (Livan ) – «Al-Vahda» (Suriya)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

14-mart. OChL
«Tianjin Kuanjian» (Xitoy) – «Chonbuk Xyunday Motors» (J.Koreya)
Bosh hakam: Aziz Asimov
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27-mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Livan – Malayziya.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27-mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Yaman – Nepal
Bosh hakam: Aziz Asimov
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OChL
«Serezo Osaka» (Yaponiya) – «Jeyju Yunayted» (J.Koreya)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.
3 aprel. OChL

«Shanxay Shenxua» (Xitoy) – «Kashima Antlers» (Yaponiya)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Laynsmenlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

10-aprel OFK Kubogi
«Al-Suvayh» (Ummon) – «Malkiya» (Bahrayn)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov
Laynsmenlar: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

Shuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo‘yicha Ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring